Jaroslav Seifert (1901.23.9, Praga yaqinidagi Jijkov shahri — 1986.10.1) - chex shoiri. 1920-yil "Toʻqqizlar guruhi" nomli avangardizm kayfiyatidagi adabiy toʻgarak ochgan. "Poetizm" uslubi S.ning dastlabki kitoblarida seziladi ("Koʻzlari yoshli shahar", 1921; "Muhabbatning oʻzi", 1923; "Asal oyi", 1925; "Bulbul yomon kuylayapti", 1926). Keyinchalik uning asarlari mavzusi oʻzgarib, proletar sheʼriyatidan chekingan. 1929-yilda kompartiyadan chiqqan, manifest yozib, unda kompartiyaning senzura siyosatini qoralagan, siyosiy nashriyotlar bilan hamkorlikni toʻxtatgan va sotsialdemokratik partiyaga kirgan. Shundan soʻng siyosatdan tashqaridagi mavzular: umuminsoniy qadriyatlar, muhabbat, bolalik va boshqa haqida ijod qilgan. 1977-yil yana siyosiy jarayonlarga aralashib, senzurani yoʻqotish, yozuvchilarning eʼtiqod uchun taʼqib qilinishi, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda qamokxonalarga tashlashni qoralab chiqqan. 1980—83 yillar S.ning asarlari, asosan, ingliz tiliga tarjima qilinib, Angliya va AQShda tarqatilgan. "Bojena Nemsova yelpigʻichi" (1940), "Loyning dubulgʻasi" (1945) va boshqa toʻplamlari Praga qoʻzgʻoloni, Chexoslovakiyaning fashistlar istilosidan ozod qilinishiga bagʻishlangan. Urushdan keyingi asarlari — "Motsart Pragada" (1946), "Onajon" (1954), "Bola va yulduzlar" (1956), "Qoʻngʻiroklar yasash" (1967) va boshqa Nobel mukofoti laureati (1984).
Manbalar
| ]
(unspecified title)
(unspecified title)
(unspecified title)
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
k
m
t
Turkumlar::
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
Alifbo boʻyicha shoirlar
Adiblar
Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
Yashirin turkum:
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi maqolalari
Barcha chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Jaroslav Seifert haqida, Jaroslav Seifert nima? Jaroslav Seifert nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!