Theodor Mommsen (1817.30.11, Garding — 1903.1.1 1, Sharlottenburg) — nemis tarixchisi, Peterburg Fanlar akademiyasining xorijiy faxriy aʼzosi (1893). Leypsig (1848-yildan), Syurix (1852-yildan), Breslau (Vrots-lav) (1854-yildan), Berlin (1858 — 1903) universitetlari professor 1848—49 yillardagi inqilob davrida nemis burjua-ziyasining soʻl qanotida boʻlib, Shlez-vigni Prussiyaga qoʻshilishi tarafdori boʻlgan, ShlszvigGolsh-teyn muvaqqat hukumatining nashriy organiga muharrirlik qilgan. Pro-gresschilar partiyasidan prus landtagi va Germaniya reyxstagiga deputat qilib saylangan (1863—66 va 1873— 79 yillarda landtag deputati, 1881—84 yillarda reyxstag deputati). Qad. Rim va Rim huquqiga oid 1500 dan ziyod tarixiy asarlar muallifi. Asosiy asari "Rim tarixi"da, asosan, Rimning miloddan avvalgi 46 yilgacha boʻlgan harbiy-siyosiy tarixini yoritgan va Rim provinsiyalari tarixini bayon qilgan. Nobel mukofoti laureati (1902).
Manbalar
| ]
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
k
m
t
Turkumlar::
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
Alifbo boʻyicha shoirlar
Adiblar
1817-yilda tugʻilganlar
1903-yilda vafot etganlar
1-yanvarda vafot etganlar
30-noyabrda tugʻilganlar
Bolonya universiteti faxriy doktori
Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
Yashirin turkum:
Vikipediya:Ichki havolasiz maqolalar
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi maqolalari
Barcha chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Theodor Mommsen haqida, Theodor Mommsen nima? Theodor Mommsen nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!