Oʻzbekiston belgisi
| „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni | |
|---|---|
![]() | |
| Turi | koʻkrak nishoni |
| Taqdirlash asosi | Vatanimiz obroʻsini, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirish yoʻlida xizmat qilayotgan, Oʻzbekistonda kelajagi buyuk davlat barpo etishda hamda mamlakatimiz ichki va tashqi hayotida faol ishtirok etayotgan fuqarolar taqdirlanadilar. |
| Mamlakat | |
| Holati | topshiriladi |
| Taʼsis etilgan sanasi | 1997-yil 27-iyul. |
„Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni — milliy maʼnaviyatimiz, madaniy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar zaminida yuksak vatanparvarlik tuygʻusini va mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsini, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirish yoʻlida xizmat qilayotgan, Oʻzbekistonda kelajagi buyuk davlat barpo etishda hamda mamlakatimiz ichki va tashqi hayotida faol ishtirok etayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan.
Tavsifi
| ]- „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni 1,0 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi va diametri 22 millimetrni tashkil etadigan halqadan iborat boʻladi.
- Nishonning markazida mustaqillik ramzi — kumush tusdagi Humo qushi tasviri aks ettiriladi. Humo qushi ortidagi rangli emal bilan ishlangan fon Oʻzbekistonning goʻzalligi va boyligini ifodalaydi. Yuqorida, Humo qushining tepasida Oʻzbekiston Davlat gerbining ramzi — musamman aks ettiriladi. Uning markazida diametri 2,5 millimetrli fianit kristali joylashtiriladi. Humo qushini dafna novdalari oʻrab turadi.
- Belgining ostki qismida, Humo qushining tagidagi oq fonda „OʻZBEKISTON“ yozuvi bitilgan Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi aks ettiriladi. Harflarning balandligi 0,8 millimetr.
- Nishonning orqa tomoni tekis boʻlib, oʻrtasida burab mahkamlanadigan murvati bor. Uning pastki qismida nishonning tartib raqami 1,0 millimetrli harflar bilan bitib qoʻyiladi.
Manbalar
| ]- „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 22.07.1997-yildagi PF-1822-son
- Yoshlarni „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Havolalar
| ]- „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni kimlarga nasib etdi?
- Yoshlarga „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishonlari topshirildi
- Dostonbek Hamdamov „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
- „OʻZBEKISTON BELGISI“ KOʻKRAK NISHONI SOVRINDORLARI TAQDIRLANDI
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oʻzbekiston belgisi haqida, Oʻzbekiston belgisi nima? Oʻzbekiston belgisi nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!