Bahrom Haydarov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Bahrom Haydarov | ||
| Tavallud sanasi | 4-mart 1978-yil | ||
| Tavallud joyi | Fargʻona Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 172 cm (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi / Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1997—1999 | Temiryoʻlchi | 6+ | (1+) |
| 2000—2003 | Nasaf | 113 | (23) |
| 2004—2005 | Neftchi | 22 | (1) |
| 2006 | Andijon | 17 | (7) |
| 2007 | Nasaf | 18 | (2) |
| 2008 | Shoʻrtan | 18 | (0) |
| 2009—2010 | Olmaliq | 51 | (6) |
| 2011—2012 | Andijon | 7 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2000—2008 | Oʻzbekiston | 5 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Bahrom Haydarov (ruscha: Бахромжон Хайдаров; 4-mart, 1978-yil, Fargʻona) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Oʻzbekiston Superligasi jamoalarida bosh murabbiylik qilgan. 2002-yilgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida musoboqada qatnashgan.
Faoliyati
| ]Bahrom futbolchilik foaliyatini 1997-yilda Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasida boshlagan. Qoʻqon jamoasida uch mavsum davomida oʻynagach, 2000-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ jamoasi oʻtgan. Qarshi jamoasi tarkibida bir necha yaxshi mavsumlarni oʻtkazdi va 2000-yilda Oʻzbekiston Terma jamoasi tarkibida oʻz debyutini amalga oshirdi. 2001-yilgi mavsumda AFC Chempionlar kubogida Nasaf jamoasining yarim final bosqichiga qadar yetib borishida katta ishni bajardi. 2003-yilgi mavsumda „Nasaf“ jamosi bilan ilk bor Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib bordi, ammo finalda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga imkoniyatni boy bergan. 2004-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamosiga oʻtdi va ikki mavsum davomida oʻynagan. 2006-yilgi mavsumda „Andijon“ jamoasida oʻynagan. 2007-yilgi mavsumda Qarshiga, „Nasaf“ jamoasiga qaytdi va 18 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2008-yilgi mavsumda Qashqadaryoning boshqa bir jamoasi, Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi tarkibida oʻynagan. 2009-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasi taklifini qabul qildi va ikki mavsum davomida konchilar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2011-yilgi „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
| ]Murabbiylik faoliyatini 2013-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasi oʻrinbosarlar jamoasining murabbiyi sifatida boshladi va jamoaning 2018-yilgi mavsumgacha bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi. 2018-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasining asosiy jamoaning bosh murabbiy sifatida tayinlandi. 2019-yilgi mavsumda qoniqarsiz natijalari tufayli bosh murabbiylikdan ozod etildi. 2020-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan va ikki mavsum davomida jamoada faoliyat olib bordi. 2021-yilgi mavsum soʻnggida Termiz jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etilgan.
Yutuqlar
| ]- AFC Osiyo Chempionlar ligasi 2002: 4-oʻrin
- Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2004
- Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2001
- Oʻzbekiston kubogi ikkinchi oʻrin: 2003, 2005
Manbalar
| ]- „Bahrom Haydarovni tabriklaymiz!“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
- „Ertaga “Neftchi” yoshlari “Andijon”ga qarshi o'ynashadi“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
- Баҳром Ҳайдаров «Нефтчи» бош мураббийи
- „Rasmiy xabar: "Neftchi" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov istefoga chiqdi“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
- „Rasmiy xabar: Bahrom Haydarov - Surxon bosh murabbiyi. Uning oldiga aniq vazifa qo'yildi“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
- „Rasmiy xabar: "Surxon" bosh murabbiyi o'z lavozimini tark etdi, lekin klubda qoldi“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
- „"Jamoadan ketganim yo'q "- Bahrom Haydarov, "Surxon"ni Superligada olib qolish va navbatdagi rejalar haqida“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
Havolalar
| ]- Bahrom Haydarov (Wayback Machine saytida 2023-10-27 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida futbolchi profili
- Bahrom Haydarov (Wayback Machine saytida 2023-10-27 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida futbolchi profili
- Bahrom Haydarov Transfermarkt saytida futbolchi profili
- Bahrom Haydarov Worldfootball saytida futbolchi profili
- Bahrom Haydarov Footballfacts saytida futbolchi profili
- 4-martda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Fargʻonada tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona viloyati kishilari
- Kishilar
- Fargʻona sport kishilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Shoʻrtan klubi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2002 futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Neftchi futbol klubi murabbiylari
- Surxon klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari
- SSSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston kishilari
- Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Bahrom Haydarov haqida, Bahrom Haydarov nima? Bahrom Haydarov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!