Husayin Norchayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Husayin Norchayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Husayin Toʻraqul oʻgʻli Norchayev
Tavallud sanasi 6-fevral 2002-yil (2002-02-06) (23 yosh)
Tavallud joyi Yakkabogʻ, Oʻzbekiston
Boʻyi 180 cm (5 ft 11 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020—2023 Nasaf 71 (25)
2023—2025 FC Alania Vladikavkaz 13 (0)
2024   Neftchi 15 (4)
2025— Nasaf 14 (8)
Milliy terma jamoa
2021—2024 Oʻzbekiston U-23 10 (10)
2021— Oʻzbekiston 1 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 28-iyun uchun)

Husayin Norchayev (ruscha: Норчаев, Хусаин Туракул оглы; 2002-yil 6-fevral, Yakkabogʻ) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Nasaf“ klubida markaziy va qanot hujumchisi pozitsiyalarida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

2020-yil 14-iyun kuni Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini „Navbahor“ga (2:2) qarshi oʻtkazib, 84-daqiqada Oybek Bozorov oʻrniga maydonga tushgan. 2020-yil 17-avgust kuni u oʻz maydonida „Soʻgʻdiyona Jizzax“ga qarshi oʻyinda (3:0) ilk golini kiritdi.

2023-yilgi mavsumda Rossiyaning „FC Alania Vladikavkaz“ jamoasining katta qiziqishiga sabab boʻldi va qishki transfer oynasi vaqtida rus klubiga 500 000 $ evaziga transfer qilingan va 3,5 yillik shartnoma imzolagan. Bu vaqtga qadar Husayin „Nasaf“ safida barcha turnirlarda 100 ta oʻyin oʻtkazgan (globalsportsarchive.com sayti maʼlumotlariga koʻra – 98 ta oʻyin), 40 ta gol urgan.

2024-yil 4-fevralda „FC Alania Vladikavkaz“ jamoasi Norchayevni Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga bir yilga ijaraga bergani eʼlon qilingan.

Xalqaro

| ]

2021-yildan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynab kelmoqda. Norchayev Oʻzbekiston birinchi terma jamoasi safida debyutini 2021-yil 9-oktyabr kuni Malayziya bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (5:1) amalga oshirgan.

2022-yilda 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan va jamoa bilan finalga chiqqan. 6 uchrashuvda 2 ta gol urgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Oʻyin Gollar
2021-yil 1 1
Jami 1 1

2023-yil 19-mart oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.

Terma jamoa uchun gollar

| ]
Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musoboqa Gollar
2021-yil 9-oktyabr Amman xalqaro stadioni, Amman, Iordaniya image Malayziya 3–0 5–1 Oʻrtoqlik 1

Yutuqlari

| ]

Nasaf

Individual

  • AFC Kubogi eng yaxshi toʻpurari: (7 gol)
    • 2021-yil

Manbalar

| ]
  1. „UzPFL :: Насаф— Навбахор“ (7-noyabr 2021-yil). 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  2. „Nasaf vs. Navbahor— 14 June 2020“ (7-noyabr 2021-yil).
  3. „Rasman: Husayn Norchaev - "Alaniya" futbolchisi“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  4. „⚡️⚡️⚡️ Breaking: Husayn Norchaev faoliyatini Rossiyada davom ettiradi“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  5. „Norchaev "Alaniya"da qaysi raqamda o'ynashiga aniqlik kiritildi“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  6. Николай Егорычев. „Станет ли Норчаев для «Алании» вторым Шомуродовым или новым Касымовым?“ (ru). t.me. ФНЛ с Ильёвым (2022-yil 24-fevral).
  7. „«Алания» приобрела у «Носафа» Хусаина Норчаева“ (ru). transfermarkt (2022-yil 22-fevral).
  8. „Ҳусайн Норчаев Ўзбекистон чемпионатига қайтди“ (2024-yil 4-fevral).
  9. Norchaev.html Husain Norchaev National-football-teams.com.
  10. „Uzbekistan v Malaysia game report“. ESPN (9-oktabr 2021-yil).
  11. „Uzbekistan vs. Malaysia (5:1) | National Football Teams“. 7-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
  12. „Архивированная копия“. 7-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
  13. „Хусаин Норчаев стал лучшим бомбардиром Кубка АФК сезона-2021“. 7-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.

Havolalar

| ]
  • Husayin Norchayev (Wayback Machine saytida 2021-06-13 sanasida arxivlangan) Futbolchining profili OʻzPFL rasmiy saytida
  • Husayin Norchayev FootballFacts.ru saytida (ruscha)
  • Husayin Norchayev National-Football-Teams.com saytida
  • Husayin Norchayev Soccerway saytida
  • Husayin Norchayev Transfermarkt saytida
  • Husayin Norchayev Worldfootball saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Husayin Norchayev haqida, Husayin Norchayev nima? Husayin Norchayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan