Vladimir Yejurov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

 

Vladimir Yejurov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vladimir Rahimovich Yejurov
Tavallud sanasi 24-mart 1960-yil (1960-03-24) (65 yosh)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi ( asst manager)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988 Yangiyer 1 (0)
1990 Avtomobilist Proletarsk
Boshqargan klublari
1990-1994 Pakhtakor Proletarsk
1995-1996 Metallurg (assistant)
1997-1999 Tojikiston (assistant)
1999-2000 Pakhtakor Proletarsk
2000-2002 Semurgʻ Angren
2002 Xoʻjand
2003-2005 Rubin-2 Kazan
2008 Rubin Kazan (scout)
2009-2013 Rubin Kazan (youth)
2011 Neftekhimik Nizhnekamsk
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vladimir Rahimovich Yejurov (ruscha: Владимир Раимович Ежуров; 1960-yil 24-martda tugʻilgan) — rossiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. U Tojikiston fuqaroligiga ham ega. U „Neftchi“ klubida bosh murabbiy Vitaliy Levchenko yordamchisi.

Faoliyati

| ]

SSSR chempionatida quyi liganing „Yangiyer“ (Yangiyer, O‘zbekiston SSR) va „Avtomobilist“ (Tojikiston SSR) klublarida o‘ynagan.

1992-1995 va 1999-2000-yillarda „Paxtakor“ nomi bilan mashhur boʻlgan Proletar klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. 1993 va 1994-yillarda Tojikiston bronza medali sovrindori boʻlgan. Keyinchalik O‘zbekistonning „Metallurg“ Bekobod, 1996-1997) va „Semurgʻ“ Angren, 2000-2002) hamda Tojikistonning „Xo‘jand“ klublarida ishlagan. Bunga parallel ravishda, 1994-1999 yillarda Tojikiston yoshlar, olimpiya va milliy terma jamoalari murabbiylar shtabida ham faoliyat yuritgan.

2003-2010-yillarda Qozonning „Rubin“ tizimida — yoshlar jamoasi, „Rubin-2“ murabbiyi va seleksioner boʻlib ishlagan.

2011-yil 1-fevralda Yejurov Kaliningradning „Baltika“ klubi murabbiylar shtabiga qoʻshilganligi eʼlon qilindi, ammo 25 fevralda u Nijnekamskning „Rubin“ farm klubining „Nefteximik“  bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi boʻldi. Mart oyining oxirida Yezhurov bu lavozimda Andrey Sitchixinga almashtirildi, shundan soʻng Yejurov „Rubin“ga qaytdi.

2014-yil mart oyi boshida u RFU murabbiylik akademiyasida PRO toifasidagi murabbiylik litsenziyasi uchun imtihonlarni topshirdi. U Krasnoyarskning „Yenisey“ jamoasida murabbiy va bosh murabbiy boʻlib ishlagan. Shu bilan birga, murabbiylar shtabining amaldagi jamoa bosh murabbiyi Pro licenziyasiga ega boʻlmagan Aleksey Ivaxov edi.

2016-yil yanvar oyida u Belarusning „Belshina“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. 2016-yilning aprelida u klubni tark etdi.

2016-yilning iyul oyidan boshlab u „Yenisey“ murabbiylar shtabiga aʼzo bo‘lgan, keyin esa bosh murabbiy Andrey Tixonov va darvozabonlar murabbiyi Anatoliy Rojkov bilan birgalikda Samaraning „Krilya Sovetov“ klubiga o‘tgan.

2019-yil iyundan 2020-yil maygacha — Qozonning „Rubin“ yoshlar jamoasi katta murabbiyi, klub akademiyasi metodisti. 2020-yil 16-oktabrda u yana Andrey Tixonov bilan Nur-Sultonda „Astana“da ishlay boshladi. 2021-yil noyabr oyida „Astana“ jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi vazifasida ishlagan.

2022-yil Fargʻonaning „Neftchi“ klubida Vitaliy Levchenko boshliq murabbiylar shtabidan oʻrin oldi. Dastlab Levchenkoda murabbiylik PRO litsenziyasi boʻlmaganligi sababli, 6 oy vaqtincha bosh murabbiy lavozimida Yejurov faoliyat olib bordi. Murabbiylar shtabining amaldagi rahbari Pro licenziyasiga ega boʻlmagan Vitaliy Levchenko edi. Keyinchalik Vitaliy Levchenko Pro litsenziyaga ega boʻlganidan soʻng yordamchisi lavozimiga oʻtkazildi.

Manbalar

| ]
  1. „Ежуров Владимир Раимович / Наши тренеры /“ (deadlink). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  2. „Владимир Ежуров: из Средней Азии через Казань да в Сибирь“ (deadlink). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  3. „01.02.2011 Уважаемые болельщики, любители футбола!“. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  4. „ФУТБОЛ. У СВОИХ ВОРОТ. МЕЖСЕЗОНЬЕ“. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  5. „Nefteximik“, s. 7[sayt ishlamaydi]
  6. „Владимир Ежуров: из Средней Азии через Казань да в Сибирь“ (deadlink). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  7. „ФУТБОЛ. ПЕРВЕНСТВО РОССИИ. ФНЛ. Завтра 5-й тур“. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  8. „Главным тренером ФК «Белшина» стал Владимир Ежуров“. 2016-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-yanvar.
  9. Владимир Ежуров YouTubeda
  10. „Ежуров: ушёл из «Белшины» из-за серьёзных обстоятельств личного характера“. 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  11. „Владимир Ежуров официально назначен помощником тренера ФК «Енисей»“. 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  12. „Тренерский штаб Тихонова в «Крыльях Советов» будет таким же, как и в «Енисее»“. 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  13. „Ежуров стал старшим тренером молодёжки «Рубина»“. 2019-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-mart.
  14. „Vitaliy Levchenkoga "Neftchi"da kimlar ko'maklashishi malum“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
  15. „PRO licenziyasi bo'lmagan Vitaliy Levchenkoning o'rniga kim bosh murabbiy bo'ladi?“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.

Havolalar

| ]
  • Vladimir Yejurov Footballfacts saytida
  • Vladimir Yejurov Transfermarkt saytida
  • Vladimir Yejurov Sportbox saytida
  • Vladimir Yejurov RPL saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vladimir Yejurov haqida, Vladimir Yejurov nima? Vladimir Yejurov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan