Idgay Tazetdinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Idgay Borisovich Tazetdinov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Idgay Borisovich Tazetdinov
Tavallud sanasi 13-yanvar 1933-yil
Tavallud joyi imageSSSR
O‘zbekiston SSR
Vafot sanasi 11-avgust 1979-yil(1979-08-11)
(46 yoshda)
Vafot joyi Dneprodzerjinsk, Dnepropetrovsk viloyati, 
Ukraina SSR, imageSSSR
Ampluasi yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1948-yil
1953-1955-yillar
1956-1963-yillar
1964-1965-yillar
image Mehnat (Toshkent)
image Spartak (Toshkent)
imagePaxtakor
imagePoliotdel
(
51 (11)

202 (33)
? (4))
Milliy terma jamoa
1964-1969-yillar
1971-1972-yillar
1973-yil
1974-yil
1976-yil
1977-1979-yillar
image Poliotdel
imageYangiyer
image Andijon
image Yangiariq
imageYangiyer
imagePaxtakor
(murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Idgay Borisovich Tazetdinov (1933-yilning 13-yanvarida Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan – 1979-yilning 11-avgustida Dneprodzerjinsk, Dnepropetrovsk viloyatida vafot etgan) – sovet futbolchisi va yarimhimoyachisi. SSSR sport ustasi (1962-yil), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1977-yil).

Futbolchilik faoliyati

| ]

Idgay Borisovich Tazetdinov futbolchilik faoliyatini dastlab Toshkentning „Medik“ bolalar jamoasida, keyinchalik esa „Mehnat“ klubida boshlagan. 1953-1955-yillarda Toshkentning „Spartak“ jamoasining „B“ toifasida oʻynagan. 1956-yildan "Paxtakor"da faoliyatini davom ettirgan. Toʻrt yil davomida „B“ toifasida 108 ta oʻyin oʻtkazgan, ushbu oʻyinlarda 21 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

  • 1958-yildan – jamoa sardori hisoblangan.
  • 1960-1963-yillarda „A“ klasida 94 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan;
  • 1964-1965-yillarda "Poliotdel" jamoasida oʻyinchi murabbiy;
  • 1969-yilgacha „Poliotdel“da murabbiy boʻlib ishlagan.

Murabbiylik faoliyati

| ]

Tazetdinov shuningdek, „Yangiyer“ (1971-1972-yillar), „Andijon“ (1973-yil) va "Yangiariq" (1974-yil) klublari katta murabbiy hamda Yangiyer jamoasi rahbari (1976-yil) sifatida faoliyat koʻrsatgan.

1977-yildan esa „Paxtakor“ murabbiyi sifatida ishlay boshlagan.

Idgay Tazetdinov 1979-yilning 11-avgustida jamoasi bilan Dneprodzerjinsk osmonida aviahalokatga uchragan.

Mashhur futbolchi Toshkentdagi birinchi shahar qabristoniga dafn etilgan.

Idgay Tazetdinov:

  • Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida 1956-yil SSSR xalqlari Spartakiadasining futbol turniri ishtirokchisi.
  • 1979-yildagi SSSR xalqlari Spartakiadasining futbol turnirida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi murabbiyi hisoblangan.

Turmush oʻrtogʻi – Alla Sergeyevna Shulepina-Tazetdinova, „Kino aktyori“ ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi rahbari vazifasida ishlagan .

Manbalar

| ]
  1. „Ularning eng kichigi 19 yoshda edi. 44 yil ilgari halokatga uchragan “Paxtakor-79”ni xotirlab“. 2023-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  2. : FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki
  3. „Жизнь, отданная футболу: в Ташкенте отметили 85-летие тренера легендарной команды «Пахтакор» Идгая Тазетдинова Tашкентцы Фото“. 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-fevral.

Havolalar

| ]
  • Tazetdinov Idgay Borisovich (1933.13.I −1979.11.VIII)

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Idgay Tazetdinov haqida, Idgay Tazetdinov nima? Idgay Tazetdinov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan