Oksana Grishchuk

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oksana Grishuk
image
Grishuk va Platov
Oldin vakil boʻlgan image Rossiya
image Sovet Ittifoqi
Tavalludi 17-mart 1972-yil (1972-03-17) (53 yosh)
Odessa
Oldingi sheriklari Yevgeniy Platov
Aleksandr Chichkov
Jamoasi Sportsclub Dinamo
Yakunlagan 1998-yil mart

Oksana (Pasha) Vladimirovna Grishuk (ruscha: Оксана (Паша) Владимировна Грищук; 1971-yil 17-martda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik muz raqqosasi. U 1989-yildan 1998-yilgacha Yevgeniy Platov bilan boʻlgan juftligi bilan mashhur. Sherigi Platov bilan ikki karra Olimpiya chempioni (1994, 1998), toʻrt karra jahon chempioni (1994-1997) va uch karra Yevropa chempioni (1996-1998) boʻlgan. Oldingi sherigi Aleksandr Chichkov bilan birga 1988-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni deb topilgan.

Faoliyati

| ]

Grishuk toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan. 12 yoshida murabbiy Natalya Linichuk qo‘l ostida shug‘ullangan. Grishuk dastlab Sovet Ittifoqi vakili sifatida musobaqalarda qatnashuvchi Aleksandr Chichkov bilan juftlik hosil qilgan. 1987-yilda ular Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritganlar. Keyingi yili juftlik ushbu musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan, shuningdek, sovet chempioni boʻlishgan. Juftlik yana bir mavsumda birga musobaqalarda ishtirok etib Gran Prix International de Paris (hozirgi Trophée Eric Bompard nomi bilan tanilgan) turnirining bronza medalini qoʻlga kiritgan. Chichkov 1989-yilning yozida jarohati tufayli konkida uchishdan isteʼfoga chiqqan.

Grishuk Natalya Dubova guruhiga taklif qilingan va u yerda Yevgeniy Platov bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik Moskvada mashgʻulotlar olib borishgan. Uch oy oʻtgach, ular 1989-yil dekabr oyida Sovet chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganlar. Juftlik 1990-yilda Jahon chempionatidagi ilk ishtirokida beshinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 1992-yilgi Yevropa chempionati va 1992-yilgi Jahon chempionatlarida bronza medalni qoʻlga kiritgan.

Grishuk va Platov juftligi 1992 — 1993-yilgi mavsumning Yevropa va Jahon chempionatlarida ishtirok etgan holda, kumush medallarini qoʻlga kiritgan. 1993 — 1994-yillarda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Juftlik oʻzlarining birinchi Olimpiya chempionligiga 1994-yilgi Olimpiadada erishgan. Ular mavsumni 1994-yilgi Jahon chempionatida oʻzlarining ilk jahon chempioni unvonini egallagan holda yakunladilar. Juftlik Rossiyani tark etib, murabbiy Linichuk bilan birga Delaver shtatining Newark shahriga koʻchib oʻtishgan va shu bilan birga mashgʻulotlar va yashash sharoitlarini yaxshilashgan.

Dasturlari

| ]

(Platov bilan)

Mavsum Original raqs Erkin raqs
1997-1998
  • Jailhouse Rock

    Elvis Presley
  • Memorial Requiem

    Michael Nyman
1996-1997
  • Libertango

    Ástor Piazzolla
  • The Feeling Begins

    Peter Gabriel
1995-1996
  • España cañí
  • Muchachita

    Perez Prado
  • Mambo Jambo

    (a.k.a. Que Rico El Mambo)

    Perez Prado
  • Bogota

    Gil Ventura
1994-1995
  • Girls Girls Girls
  • Steppinʼ Out
1993-1994
  • Historia de um Amor
  • Rock Around the Clock
1992-1993
  • Aquarell
  • St. James Infirmary Blues
1991-1992
  • Polka
  • Schön Rosmarin
  • Liebesleid
    Kryzler & Kompany
1990-1991
  • Blues Blue

K. Schneider

  • Tarantella
  • 'O Sole Mio
  • Funiculì, Funiculà
1989-1990
  • Moliendo Café

    Hugo Blanco
  • Sirtaki from Zorba the Greek

    Mikis Theodorakis

Natijalari

| ]

Platov bilan

| ]
Xalqaro
Musobaqa 1989-90
(URS)
1990-91
URS)
1991-

92
(URS/CIS)

1992-93
(RUS)
1993-94
(RUS)
1994-95
(RUS)
1995-96
(RUS)
1996-97
(RUS)
1997-98
(RUS)
Olimpiada 4 1 1
Jahon chempionati 5 4 3 2 1 1 1 1
Yevropa chempionati 5 5 3 2 2 1 1 1
CS (GP) finali 1 1
GP Trophée de France 1 1
GP NHK Trophy 2 2 1 1
GP Skate America 1
Milliy
Rossiya chempionati 1 1
Sovet chempionati 3 2 1
GP = Gran-pri

Manbalar

| ]
  1. Frey, Jennifer. „Basic Instinct for the Gold, and an Oscar“. The Washington Post (1998-yil 16-fevral). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Glauber, Bill. „Grishuk, fire on and off ice, dances to own beat in Games; Never a dull moment in Russian's career as she, Platov pursue gold“. The Baltimore Sun (1998-yil 12-fevral). 2011-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oksana Grishchuk haqida, Oksana Grishchuk nima? Oksana Grishchuk nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan