Zulayho Mahkamova
| Zulayho Bahriddinovna Mahkamova | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 2024-yil 21-noyabrdan | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Bosh vazir | Abdulla Aripov |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis qilingan |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 28-avgust 1968-yil Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Mukofotlari | |
| Vebsayti | https://gov.uz/wcu |
Zulayho Bahriddinovna Mahkamova – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.
Tarjimai holi
| ]1968-yil 29-avgustda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.
Taʼlimi
| ]1975-yili Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-sonli maktabga oʻqishga kirib, 1986-yilda aʼlo baholar bilan oʻqishni tamomlagan, shundan soʻng 1986-yili Namangan davlat pedagogika institutini, Prezident huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
| ]Mehnat faoliyatini 1989-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-maktab oʻqituvchisi sifatida boshlagan, 1998-yilga qadar xalq taʼlimi sohasida turli lavozimlarda mehnat qilgan (oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, boʻlim mudirasi, katta oʻqituvchi), 1998—2011-yillarda Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib saylanadi va keyinchalik xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida, soʻngra Fermer va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tuman vakilligi, Fermerlar uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tumani fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish markazi direktori, Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari – xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2011—2017-yillarda Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi, 2017—2018-yillarda viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan.
Zulayho Mahkamova 2018-yil 24-apreldan Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan va 2020-yildan 4-martdan boshlab Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasiga oʻtgan. U Oʻzbekistondagi beshinchi ayol hokim boʻldi.
2022-yil 1-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida ishlab kelmoqda.
Oilasi
| ]Oilali, 2 nafar farzandi bor.
Mukofotlari
| ]- Mehnat shuhrati ordeni — 2021-yil 4-mart.
Manbalar
| ]- „O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida“. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati (21/11/2024). Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
- „Zulayho Mahkamova Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlandi“ (2020-yil 4-mart). Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
- „Zulayho Mahkamova Toʻraqoʻrgʻon tumaniga hokim etib tayinlandi. U Oʻzbekistondagi beshinchi ayol hokim boʻldi“. daryo.uz. Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.
- „Трудовая слава Зулайхо Махкамовой“ (ru). nampravda.uz (2021-yil 4-mart). Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
- 28-avgustda tugʻilganlar
- 1968-yilda tugʻilganlar
- Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Oʻzbekiston ayollari siyosatda
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Zulayho Mahkamova haqida, Zulayho Mahkamova nima? Zulayho Mahkamova nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!