Botir Qudratxoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Qudratxoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Botir Bahromovich Qudratxoʻjayev
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri
Mansab davri
2025-yil 25-fevraldan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abdulla Qoʻldoshev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-sentyabr 1975-yil (1975-09-22) (50 yosh)
Toshkent
Fuqaroligi image SSSRimage Oʻzbekiston
Xizmat yillari 1997-yildan
Unvoni General-mayor

Botir Bahromovich Qudratxoʻjayev (Ботир Баҳромович Қудратхўжаев) – oʻzbekistonlik yurist va davlat arbobi.

Biografiyasi

| ]

Taʼlim

| ]

1997-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.

Mehnat faoliyati

| ]

1997-yilda Oʻzbekiston harbiy prokuraturasining kadrlar boʻlimida ish yurituvchi sifatida faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Fargʻona viloyati harbiy prokuraturasida tergovchi-kriminalist, Toshkent harbiy okrugi harbiy prokuraturasida katta tergovchi, keyinchalik Toshkent viloyati harbiy prokurori lavozimlarida xizmat qilgan. 2010—2012-yillarda Sharqiy harbiy okrug harbiy prokurori, 2012—2014-yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi oʻrinbosari vazifalarida ishlagan.

2014—2016-yillarda Surxondaryo viloyati prokurori, 2016—2017-yillarda Toshkent shahrining prokurori, 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi yangi tashkil etilgan majburiy ijro byurosi direktori boʻlgan. 2020-yildan 2022-yilgacha Xorazm viloyati prokurori boʻlgan. 2022-yil 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari – bosh harbiy prokurori etib tayinlangan.

2025-yil 25-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan unga prezident farmoni bilan general-mayor harbiy unvoni berildi.

Manbalar

| ]
  1. „Favqulodda vaziyatlar vaziriga general-mayor harbiy unvoni berildi“ (uz). kun.uz (2025-yil 25-fevral). Qaraldi: 2025-yil 26-fevral.
  2. „КУДРАТХАДЖАЕВ Батыр Бахрамович“.
  3. „«Асосан данғиллама уйлари ва машиналари бор, тўлов қобилияти юқори одамлар можаро келтириб чиқаришади» — МИБ раҳбари билан интервью“.
  4. „Ботир Кудратходжаев стал прокурором Хорезма“.
  5. „Хоразм вилояти прокурори Бош прокуратурага ишга ўтмоқда“.
  6. „Замгенпрокурора - военным прокурором Узбекистана назначен Ботир Кудратходжаев“.
  7. „В Узбекистане назначен директор Бюро принудительного исполнения“.
  8. „Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻzgardi“.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Botir Qudratxoʻjayev haqida, Botir Qudratxoʻjayev nima? Botir Qudratxoʻjayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan