Eʼzozxon Karimova
| Eʼzozxon Karimova | |
|---|---|
![]() | |
| Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri | |
| Mansab davri 2025-yil 31-iyuldan — hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Avvalgisi | Hilola Umarova |
| Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori | |
| Mansab davri 2025-yil 7-may — 2025-yil 31-iyul | |
| Avvalgisi | Abdugʻaffor Qirgʻizboyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1973-yil Namangan tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat universiteti |
Karimova Eʼzozxon Gapirjanovna (1973-yil, Namangan tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR) – oʻzbek davlat arbobi. 2025-yil 7-may maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. 2025-yil 31-iyulda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan.
Tarjimai holi
| ]1990-yili Hamid Olimjon nomidagi umumtaʼlim maktabini tamomlab, ToshDUning falsafa fakultetiga oʻqishga topshirgan. 1996-yil universitetni yakunlab, aspiranturada oʻqishda qoldi. 2003-yilda ijtimoiy psixologiya va sotsialogiya ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Mehnat faoliyati
| ]- 1990—1991-yillar – Kosonsoy tumanidagi 28-oʻrta maktabda ish yurituvchi.
- 1991—1992-yillar – Kosonsoy tumanidagi Boborahim Mashrab nomli 30-sonli maktab tarix va jamiyatshunoslik fanlari oʻqituvchisi.
- 1992—1994-yillar – Kosonsoy tumanidagi 35-sonli maktab tarix va jamiyatshunoslik fanlari oʻqituvchisi.
- 1994—1995-yillar – Kosonsoy tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 29-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ish yurituvchisi.
- 1995—1996-yillar – Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti falsafa kafedrasi katta laboranti.
- 1996—2001-yillar – Nabi Gʻaniyev nomli Toshkent kino texnikumi gumanitar fanlar oʻqituvchisi.
- 2001—2004-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti falsafa kafedrasi assistenti.
- 2004—2009-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi boshligʻi, falsafa kafedrasi mudiri.
- 2009—2010-yillar – Toshkent davlat madaniyat instituti Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Maʼnaviy-ahloqiy tarbiya“ boshqarmasi boshligʻi.
- 2010—2011-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari univeriteti Metodika markazi boshligʻi va maʼnanaviy axloqiy tarbiya ishlari boʻyicha prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
- 2011—2021-yillar – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi.
- 2021—2021-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Oʻquvchilarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi.
- 2021—2023-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Prezident taʼlim muassasalari direktorining maʼnaviy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilida ish davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi.
- 2023—2024-yillar – „Yangi Oʻzbekiston“ universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori.
- 2024—2024-yillar – Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktor maslahatchisi.
- 2025-yil 7-maydan 2025-yil 31-iyulgacha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori.
- 2025-yil 31-iyuldan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri.
Manbalar
| ]- „Karimova Ezoza“. akademiklar.uz. Qaraldi: 8-may 2025-yil.
- „Мактабгача ва мактаб таълими вазирига янги ўринбосар тайинланди“. kun.uz. Qaraldi: 8-may 2025-yil.
- „Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi“. repost.uz. Qaraldi: 8-may 2025-yil.
- „Эъзоза Каримова сўнгги 12 йилда бешинчи халқ таълими вазири бўлди“. www.vaqt.uz. Qaraldi: 31-iyul 2025-yil.
- „Karimova E'zozxon Gapirjanovna“. 2025-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 31-iyul.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Yashayotgan insonlar
- 1973-yilda tugʻilganlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Eʼzozxon Karimova haqida, Eʼzozxon Karimova nima? Eʼzozxon Karimova nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!