Muhammadqodir Hamroliyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammadqodir Hamroliyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Muhammadqodir Hamroliyev
Tavallud sanasi 6-iyul 2001-yil (2001-07-06) (24 yosh)
Tavallud joyi Rishton tumani Oʻzbekiston
Boʻyi 1.85 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paxtakor
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2018 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020—2021 Dinamo 30 (3)
2022   Olimpik 25 (3)
2023— Paxtakor 28 (1)
Milliy terma jamoa
2021—2024 Oʻzbekiston U-23 26 (2)
2023— Oʻzbekiston 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 2-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 2-sentyabr uchun)

Muhammadqodir Hamroliyev (inglizcha: Mukhammadkodir Khamraliev; 6-iyul 2001-yil, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynaydi. Toshkentning „Paxtakor“ va Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Muhammadqodir „Paxtakor“ akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisblanadi. Professional futboldagi faoliyati 2020-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi tarkibida, Oʻzbekiston Pro ligasi musoboqasi oʻyinlarida boshlagan. Dastlabki mavsumidayoq jamoaning eng yaxshi futbolchilari qatorida boʻldi va 11 ta oʻyinda 2 ta gol muallifiga aylandi. Navbatdagi mavsumida Samarqand jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgan va klub tarkibida 22 ta oʻyinda 1 ta gol muallifi boʻlgan va „Dinamo“ jamoasining Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrinni egallashida katta hizmat qilgan. 2022-yilig mavsum oldidan Toshkentning „Olimpik“ jamoasiga ijaraga berilgan. Olimpik klubi tarkibida himoyachi boʻlishiga qaramay oʻzining toʻpurarlik mahorati bilan ham ajralib turgan va 25 ta oʻyinda 3 ta gol muallifi boʻlgan. Mavsum yakunida Toshkentning boshqa bir jamoasi, 2022-yili Oʻzbekiston Superligasi chempioni „Paxtakor“ klubining skautlari qiziqishlar doirasiga tushgan. 2023-yilgi mavsum oldidan „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Dastlabki mavsumidayoq „Paxtakor“ klubining asosiy himoyachilaridan biriga aylangan futbolchi, Mavum yakunida faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻldi.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

2021-yildan Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi aʼzosi. Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida 2023-yilda Xitoyda oʻtgan Osiyo oʻyinlarining futbol musoboqasida bronza medal sohibi boʻlgan. Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyutini 2023-yil 25-dekabrda Srečko Katanec murabbiyligida „Qirgʻiziston“ terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Isht Gol
2023 1 0
Jami 1 0

Yutuqlar

| ]

Xalqaro

| ]
  • Osiyo oʻyinlari 2022 bronza medal sohibi: 2023

Manbalar

| ]
  1. „Muhammadqodir Hamraliev: "Paxtakor" akademiyasida katta bo'lganman. Bu kunlarni orzu qilar edim"“ (2023-yil 25-noyabr).
  2. „«Динамо» 4 нафар футболчи билан шартномани узайтирди“ (2021-yil 26-yanvar).
  3. „Eshitdik-da! "Paxtakor" "Olimpik"ning ikki o'yinchisiga qiziqmoqda“ (2022-yil 6-noyabr).
  4. „TOP-10. Vunderkind yoxud Superliga-2022da porlab chiqqanlar (dastlabki beshlik)“ (2022-yil 22-noyabr).
  5. „Eshitdik-da! "Olimpik" etakchilaridan biri "Paxtakor"ga o'tmoqda“ (2023-yil 7-yanvar).
  6. „Суперлига. «Пахтакор» «Сурхон»ни ўз майдонида таслим этди ҳамда 16-чемпионлигини тантана қилди“ (2023-yil 24-noyabr).
  7. „Osiyo kubogi U-23 saralashi. Timur Kapadze kimni qancha o'ynatdi?“ (2023-yil 23-sentyabr).
  8. „O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston terma jamoasi yirik g'alabaga erishdi“ (2023-yil 25-dekabr).

Havolalar

| ]
  • Muhammadqodir Hamroliyev[sayt ishlamaydi]OʻzPFL saytida
  • Muhammadqodir Hamroliyev Transfermarkt saytida
  • Muhammadqodir Hamroliyev Soccerway saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Muhammadqodir Hamroliyev haqida, Muhammadqodir Hamroliyev nima? Muhammadqodir Hamroliyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan