Firdavsbek Musabekov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Firdavsbek Musabekov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 11-fevral 1997-yil (1997-02-11) (28 yosh)
Andijon viloyati
Sport
Qaysi sport suzish
Murabbiy(lar)i Nodirbek Abdullayev
Medallar
image 1image 2image 2image 1image

Firdavsbek Ulugʻbek oʻgʻli Musabekov (tugʻ. 1997-yil 11-fevral, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek suzuvchisi-paralimpiyachi,O'zbekiston tarixidagi birinchi erkak suzuvchisi Paralimpiya o'yinlariga oltin medalni qo'lga kiritgan.Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Rioda bo'lib o'tgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlari Olimpiya chempioni, 2020-yilgi Tokio Paralimpiya oʻyinlarida 4 o'rinni egallagan va Parij 2024 Paralimpiya oʻyinlarida ham 4-o'rinni egallagan, Jahon chempionati kumush medali sovrindori,Yevropa ochiq chempionati g'olibi va sovrindori Yozgi Paraosiyo oʻyinlari gʻolibi va sovrindori.

Martaba

| ]

2008-yildan boshlab Firdavsbek oʻzi tugʻilib oʻsgan Andijon shahridagi „Delfin“ sport klubida suzishni boshlagan. 2015- yildan buyon xalqaro musobaqalarda qatnashib kelmoqda.

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u ukrainalik suzuvchi Aleksey Fedin bilan birga SB13 100 metrga brass usulida suzishda 1: 04,94 hisobida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Musabekovni "Oʻzbekiston iftixori " faxriy unvoni bilan.

Firdavsbek Musabekov 2018-yilda Berlinda (Germaniya) boʻlib oʻtgan Xalqaro Paralimpiya Jahon suzish seriyasida 50 metrga brass usulida suzish boʻyicha kumush medal, 200 metrga esa xuddi shu uslubda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida birinchi oʻrinni egalladi va kompleks bilan SM13 toifasida 200 metr masofaga kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2019-yilda esa Firdavsbek Londonda (Buyuk Britaniya) paralimpiya suzish boʻyicha jahon chempionatida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha 1:05.85 natija bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Manbalar

| ]
  1. „Swimming MUSABEKOV Firdavsbek - Tokyo 2020 Paralympics“ (en-us). ... Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  2. „IPC Historical Results Archive“. db.ipc-services.org. 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
  3. https://lex.uz/docs/3131883
  4. „Oʻzbekistonlik paralimpiyachilar Germaniyada Jahon rekordini yangilashdi“ (uz). Kun.uz. 2021-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
  5. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
  6. „London 2019 - Schedule and Results“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  7. 2021-09-01 15:25:00. „Firdavsbek Musabekov finalda toʻrtinchi boʻldi“ (uz). sports.uz (2021-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.[sayt ishlamaydi]

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Firdavsbek Musabekov haqida, Firdavsbek Musabekov nima? Firdavsbek Musabekov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan