Adiljon Tulendiboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Adiljon Tulendiboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Adiljon Rishatovich Tulendiboyev
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 11-aprel 1985-yil (1985-04-11) (40 yosh)
Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Paralimpiya dzyudo

Adiljon Rishatovich Tulendiboyev (tugʻ. 1985-yil 11-aprel, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik para dzyudochi, 100 kg vazn toifasida ishtirok etgan. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni, Osiyo chempionati sovrindori, Yozgi Para-Osiyo oʻyinlari chempioni.

Faoliyati

| ]

2004-yilda Budapeshtda (Vengriya) dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 100 kg dan yuqori vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2006-yilda Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2009-yilda Taypeyda (Tayvan) oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida ochiq toifada bronza medalini qoʻlga kiritdi. Keyingi yili Chirchiqda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida mutlaq vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2011 va 2012-yillarda Toshkentda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Jahon kubogi bosqichida 100 kg yuqori vazn toifasida mos ravishda kumush va bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2014-yilda Inchxonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida 100 kg ortiq vazn toifasida u finalda eronlik dzyudochi Hamzeh Nadrini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Koloradoda (AQSh) dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 100 kg dan ortiq vazn toifasida u finalda braziliyalik dzyudochi Villans Silva de Araujoni. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan unga Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni berilgan.

Manbalar

| ]
  1. „JudoInside - World Championships Juniors Budapest Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  2. „JudoInside - World Cup Baku Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  3. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  4. „JudoInside - Uzbekistan Championships Chirchik Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  5. „JudoInside - IJF World Cup Tashkent Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  6. „JudoInside - IJF World Cup Tashkent Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  7. „JudoInside - Asian Para Games Incheon Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  8. „Rio 2016 - judo - mens-100-kg“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  9. „Медалисты Паралимпиады и их наставники удостоены госнаград“ (ru-UZ). Газета.uz (2016-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  10. „ УП-4846-сон 22.09.2016. О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XV летних Паралимпийских играх в городе Рио-де-Жанейро“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Adiljon Tulendiboyev haqida, Adiljon Tulendiboyev nima? Adiljon Tulendiboyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan