Oʻtkirjon Nigmatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
O'tkirjon Nig'matov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi O'tkirjon Ismatillo o'g'li Nig'matov
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 10-sentyabr 1990-yil (1990-09-10) (35 yosh)
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Paralimpiya dzyudo

Oʻtkirjon Ismatillo oʻgʻli Nigʻmatov (tugʻ. 1990-yil 10-sentyabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik para-dzyudochi, 66 kg gacha vazn toifasida ishtirok etgan. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida chempioni, jahon chempionati sovrindori, Yozgi Para-Osiyo oʻyinlari gʻolibi, paradzyudo boʻyicha Jahon kubogi va Gran-pri sovrindori.

Faoliyati

| ]

2014-yilda Koloradoda (AQSh) koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida u oʻz vazn toifasida finalda ozarbayjonlik Bayram Mustafoyevga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2015-yilda Seulda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Jahon oʻyinlarida dzyudo boʻyicha 66 kg vazn toifasida u finalda mongoliyalik dzyudochi Munkxbat Aajimni mag`lub etdi.

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 66 kg vazn toifasida u finalda ozarbayjonlik dzyudochi Bayram Mustafayevni magʻlub etib, Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan unga Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan mukofotlangan .

2018-yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida 66 kg vazn toifasida finalda qozogʻistonlik dzyudochi Azamat Turumbetovni magʻlubiyatga uchratib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi safida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Lissabonda (Portugaliya) dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida u oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2021-yilda u Bokuda (Ozarbayjon) koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasida 66 kg vazn toifasida finalda ozarbayjonlik Namig Abasliga.

Manbalar

| ]
  1. „JudoInside - IBSA World Championships Colorado Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  2. „JudoInside - IBSA World Games Seoul Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  3. „Rio 2016 - judo - mens-66-kg“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  4. „ УП-4846-сон 22.09.2016. О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XV летних Паралимпийских играх в городе Рио-де-Жанейро“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  5. „JudoInside - Asian Para Games Jakarta Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  6. „Узбекистан завоевал 70 медалей на Параазиатских играх“ (ru). Газета.uz (2018-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  7. „JudoInside - IBSA World Championships Lisbon Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  8. „JudoInside - IBSA Judo Grand Prix Baku Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  9. „Азербайджанский парадзюдоист завоевал золотую медаль - ОБНОВЛЕНО“ (ru). Информационное Агентство Репорт. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oʻtkirjon Nigmatov haqida, Oʻtkirjon Nigmatov nima? Oʻtkirjon Nigmatov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan