Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev
image
Qudratillaxon Maʼrufxoʻjayev 2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 21-dekabr 1999-yil (1999-12-21) (25 yosh)
Mukofotlar image
Sport
Qaysi sport Paralimpiya yengil atletika
Murabbiy(lar)i Mavlonbek Xaydarov

Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev (1999-yil 21-dekabr) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, disk va yadro uloqtirish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida oltin hamda 2023-yil Parijda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining oltin medal sohibi.

Hayoti

| ]

Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev 1999-yil 21-dekabrda tugʻilgan.

Faoliyati

| ]

2018-yildan beri para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining aʼzosi. Musobaqalarda F37 klassida qatnashadi. Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida oltin medal hamda 2023-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻlgan. 2023-yili Parijda oʻtkazilgan Jahon chempionatida yengil atletikaning yadro uloqtirish boʻyicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan. Mavlonbek Xaydarov qoʻl ostida mashgʻulot olib boradi.

2024-yilgi Parij Paralipiadasida yadro uloqtirish bahsida 16.37 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Mukofotlari

| ]

2024-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

| ]
  1. „Paralimpiya o‘yinlarining 2-kunida O‘zbekistondan 19 sportchi qatnashadi“. gazeta.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.
  2. „Yoʼllanma olgan sportchilar“. paralympic.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.
  3. „Qudratulla Ma’rufxo‘jayev - Paralimpiya o‘yinlari chempioni, Tolibboy Yo‘ldoshevda bronza medal“. kun.uz. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
  4. „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev haqida, Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev nima? Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan