Mohigul Hamdamova
| Mohigul Hamdamova | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Tavallud paytidagi ismi | Mohigul Kabayor qizi Hamdamova |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 2-oktyabr 1995-yil Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston |
| Mukofotlar | |
| Sport | |
| Qaysi sport | Paralimpiya yengil atletika |
Mohigul Kabayor qizi Hamdamova (tugʻ. 1995-yil 2-oktyabr, Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, nayza, disk va yadro uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari oltin medal sohibi va 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori, Yozgi Para-Osiyo o'yinlari kumush medali sohibi.
Faoliyati
| ]2016-yilda u professional sport bilan shugʻullana boshladi. 2017-yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) oʻtkazilgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida nayza uloqtirish boʻyicha F57 toifasida u 24,19 m natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. Xuddi shu oʻyinlarda u yadro uloqtirishda sakkizinchi, disk uloqtirishda esa oʻninchi oʻrinni egalladi.
2019-yilda Tunisda Paralimpiya yengil atletika boʻyicha Gran-pri bosqichida disk va nayza uloqtirish boʻyicha oltin, yadro uloqtirishda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu Gran-pridagi gʻalaba Jahon chempionatida qatnashish huquqini berdi. Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan Yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida (HPK) disk uloqtirish boʻyicha F57 toifasida u 27,92 ball bilan beshinchi, yadro uloqtirishda 8,39 m natija bilan toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.
2021-yilda Dubayda (BAA) Paralimpiya atletika boʻyicha Gran-pri bosqichida u disk uloqtirish boʻyicha F57 toifasida oltin medal va nayza uloqtirish musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida disk uloqtirish boʻyicha F57 toifasida 31,46 m natija bilan u oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Mohigulga Oʻzbekiston iftixori faxriy unvonini berdi.
Mukofotlari
| ]- „Jasorat“ medali (2024-yil)
Manbalar
| ]- „10 медалей гран-при завоевали параатлеты Узбекистана в Тунисе“ (ru). xs.uz. 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
- „Athletics KHAMDAMOVA Mokhigul - Tokyo 2020 Paralympics“ (en-us). ... 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- „Ўзбекистонлик паралимпиячилар Дубайдаги Гран-придан 24 та медални кўлга киритишди“ (uz). Teznews. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- „Паралимпийские игры: Мохигул Хамдамова завоевала золотую медаль в метании диска“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (uz). Uza.uz (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.
- 2-oktyabrda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Fargʻonada tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Jasorat medali sohiblari
- Kishilar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari
- Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari
- Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik bronza medal sohiblari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mohigul Hamdamova haqida, Mohigul Hamdamova nima? Mohigul Hamdamova nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!