Artur Grigoryan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Artur Grigoryan
image
2001-yilgi pochta markasida Grigoryan
Statistikasi
Asl ismi Artur Razmikovich Grigoryan
Laqabi Qirol Artur
Vazni Yengil
Boʻyi 5 ft 7 12 in (1.71 m)
Millati Sovet → Oʻzbek
Tavalludi 27-oktyabr 1967-yil (1967-10-27) (58 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Uslubi Chapaqay
Medallari va yutuqlari

image image image

Erkaklar oʻrtasida Havaskor boks
image Sovet Ittifoqi vakili
Havaskor bokschilar oʻrtasida jahon chempionati
Kumush 1991 Avstraliya -60 kg
Yaxshi niyat o‘yinlari
Oltin 1990 Seattle -60 kg

Artur Razmikovich Grigoryan (1967.20.10, Toshkent) — bokschi. Xalqaro sport ustasi (1987). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi (1991). Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1993). 1978-yildan boks bilan shugʻullanadi. Birinchi ustozi L. Ahmadjonov. Grigoryanga 1986—1993-yillarda Vladimir Shin murabbiylik qilgan. Havaskorlik boksida 387 ta jang qilib 372 tasida gʻolib chiqqan. 1994-yildan professional boksda (germaniyalik Frits Sdunek rahbarligida musobaqalarga tayyorlanadi). Qitʼalararo chempion (1995). Grigoryan Jahon boks tashkiloti (WBO) tasnifi boʻyicha 61,2 kg vazn toifasida 16-marta jahon chempioni (1996 — 2002, yanvar; Berlin, Gamburg, Kotbus va hokazo). Professional boksda 34 marta jang qilib hammasida yenggan, „Qirol“ („Konig“) nomi bilan tanilgan. Grigoryan chempionlik „Oltin kamar“ining biri Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida saqlanadi. „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni (1998), Mehnat shuhrati ordeni (1996) bilan taqdirlangan.

Manbalar

| ]
  1. Artur Grigoryan. sports-reference.com
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Artur Grigoryan haqida, Artur Grigoryan nima? Artur Grigoryan nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan