Nozimaxon Qayumova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nozimaxon Qayumova
image
Qayumova 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya o'yinlarida shohsupada
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Nozimaxon Noʻmonjonovna Qayumova
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 17-avgust 1992-yil (1992-08-17) (33 yosh)
Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Paralimpiya yengil atletika

Nozimaxon Noʻmonjonovna Qayumova (tugʻ. 1992-yil 17-avgust, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, nayza uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada va 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ikki karra chempioni. Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatining ikki karra sovrindori.

Faoliyati

| ]

2007-yilda u professional sport bilan shugʻullana boshladi. 2016-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida u F13 toifasida nayza uloqtirish boʻyicha 44,58 m natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritib, yangi jahon rekordini oʻrnatdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qayumovani Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan.

2017-yilda Londonda (Buyuk Britaniya) yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida u F13 toifasida nayza uloqtirishda 41,25 m natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2019-yilda Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida u nayza uloqtirish musobaqasida 38,86 metr natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shunday qilib, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga litsenziya olgan.

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida u F13 toifasida nayza uloqtirish boʻyicha 42,59 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi va ikki karra Paralimpiada chempioniga aylandi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Shavkat Mirziyoyevga farmoni bilan Nozimaxon „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ bilan taqdirlangan.

Manbalar

| ]
  1. „Athletics KAYUMOVA Nozimakhon - Tokyo 2020 Paralympics“ (en-us). ... Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  2. Платные опросы Чудо деньги- AirDrop. „Нозимахон Каюмова принесла Узбекистану восьмое золото на Паралимпиаде“. uz.vesti.news. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  3. „ УП-4846-сон 22.09.2016. О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XV летних Паралимпийских играх в городе Рио-де-Жанейро“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  4. „2017 World Para Athletics Championships“ (en).
  5. Alamy Limited. „Stock Photo - Nozimakhon Kayumova silver medalist at the medal ceremony for the javelin throw F13 at the World Para Athletics Championships, London“ (en). Alamy. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  6. „Dubai 2019 - Schedule & Results“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  7. „Perfect 10 for Durand at World Para Athletics Championships“. www.insidethegames.biz (1573507620). Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  8. UzDaily. „Нозимахон Каюмова завоевала лицензию на Токийскую Паралимпиаду“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  9. „Nozimakhon Kayumova - two-time winner of the Paralympic Games“ (en). brightuzbekistan.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  10. uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (uz). Uza.uz (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nozimaxon Qayumova haqida, Nozimaxon Qayumova nima? Nozimaxon Qayumova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan