Asila Mirzayorova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Asila Mirzayorova
image
Asila Mirzayorova 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Asila Ubaydulla qizi Mirzayorova
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 3-iyul 1999-yil (1999-07-03) (26 yosh)
Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston
Mukofotlar image
Sport
Qaysi sport para yengil atletika
Sport mukofotlari
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari
Kumush Tokio 2020 uzunlikka sakrash T11
Oltin Parij 2024 uzunlikka sakrash T11
Jahon chempionati
Oltin Parij 2023 uzunlikka sakrash T11
Oltin Kobe 2024 uzunlikka sakrash T11

Asila Ubaydulla qizi Mirzayorova (1999-yil 3-iyul, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. Yengil atletikaning uzunlikka sakrash yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida kumush medali sovrindori, Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida bronza medali sohibasi. Shuningdek, Paralimpiya chempioni.

Tarjimayi holi

| ]

Asila 1999-yilda Qarshi shahrida tugʻilgan. 15 yoshiga qadar u mutlaq koʻrish qobiliyatiga ega boʻlgan va musiqa maktabida pianino chalishni oʻrgangan. Boshidan olgan jarohatdan soʻng koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan va keyinchalik sport bilan shugʻullana boshlagan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (TDIU) tahsil olgan[manba kerak].

2021-yilda Oʻzbekiston belgisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan unga Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni berilgan.

Faoliyati

| ]

2016-yildan murabbiy Sardor Abduxoliqov rahbarligida paralimpiya sporti bilan shugʻullana boshlagan. 2017-yildan boshlab xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlagan. Oʻsha yili paraatletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻolib chiqdi. Oʻsha yili oʻsmirlar oʻrtasidagi Para-Osiyo oʻyinlarida uzunlikka sakrashda oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida uzunlikka sakrashda 4,47 metr natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2019-yilda Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida (HPK) 4,44 metr natija bilan yettinchi oʻrinni egallagan.

2021-yilda Dubayda (BAA) Paralimpiya yengil atletika boʻyicha Gran-pri bosqichida uzunlikka sakrash boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan. Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida T11 toifasida uzunlikka sakrash bahslarida 4,91 metrga sakrab, oʻyinlarning kumush medalini qoʻlga kiritgan.

2023-yilda Parij shahrida Para yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida uzunlikka sakrash T11 boʻyicha ayollar oʻrtasida 5,13 metrga sakrash bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu natija bilan Asila Mirzayorova 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi.

2024-yilgi Parij Paralipiadasida uzunlikka sakrash bahsida 5,24 metrga sakrab, musobaqa rekordini yangiladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Mukofotlari

| ]
  • Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi
  • „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2021-yil)
  • „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni (2024-yil)

Manbalar

| ]
  1. „Parij-2024: Paralimpiyachi Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi“ (30-avgust 2024-yil). Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
  2. „Спортсменка из Кашкадарьи – серебряный призер Паралимпиады“ (uz). nkgz.uz. 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  3. „Паралимпиада-2020. Асила Мирзаëрова завоевала «серебро»“ (ru). Газета.uz (2021-yil 27-avgust). Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  4. „Asila Mirzayorova etirof etildi“ (uz). Olamsport.com. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  5. uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (uz). Uza.uz (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
  6. „Athletics MIRZAYOROVA Asila - Tokyo 2020 Paralympics“ (en-us). ... Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  7. „Чемпионат паралимпийцев“ (ru). usport.uz. 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  8. „Паралимпиячиларимизнинг навбатдаги муваффақияти – Қорақалпоғистон Ахборот Агентлиги“. kknews.uz. 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  9. „Dubai 2019 - Schedule & Results“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  10. https://www.paralympic.org/static/info/resATDU19/pdf/ATDU19/AT/ATDU19_AT_C73P_ATWL11100.pdf
  11. „Гран-при в Дубае: паралимпийцы Узбекистана завоевали 24 медали“ (ru). https://yuz.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  12. „Начинаем утро с хороших новостей: Асила Мирзаëрова стала серебряным призëром Токио-2020!“ (ru). Национальный олимпийский комитет Узбекистана. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  13. „Paris 2023 Para Athletics World Championships | Live Results“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
  14. „World Para Athletics Live Results“. paralympic.org- official website of International Paralympic Committee. Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.
  15. „“Milliy sport mukofoti-2023” o‘z g‘oliblarini aniqladi“. olympic.uz. Qaraldi: 7-sentabr 2024-yil.
  16. „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Asila Mirzayorova haqida, Asila Mirzayorova nima? Asila Mirzayorova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan