Sayfiddin Ismoilov
| Sayfiddin Umarovich Ismoilov | |
|---|---|
| Tavalludi | 18-avgust 1959-yil Jizzax viloyati Jizzax tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR | 
Sayfiddin Umarovich Ismoilov (18-avgust 1959-yil, Jizzax) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Jizzax viloyati hokimi (2009—2016).
Hayoti
| ]Sayfiddin Ismoilov 1959-yil 18-avgustda Jizzax viloyatida tugʻilgan.
1981-yilda Toshkent davlat qishloq xoʻjaligi institutini iqtisodchi-tashkilotchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2010–2016-yillarda – xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining deputati boʻlib tayinlangan. OʻzLiDeP aʼzosi. 1981–1982-yillarda Jizzax viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasining katta iqtisodchisi lavozimida faoliyat olib borgan. Ismoilov 1982–1983-yillarda Zarbdor tumanidagi „Sharq yulduzi yoʻli“ davlat xoʻjaligining brigada boshligʻi, 1983–1986-yillarda esa Jizzax viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasining bosh iqtisodchisi boʻlgan. 1986-yildan 1988-yilgacha Jizzax viloyati agrosanoat qoʻmitasining boʻlim boshligʻi, 1988–1990-yillarda Sirdaryo viloyati agrosanoat birlashmasi boʻlim rahbarining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Faoliyati davomida Ismoilov 1990–1991-yillarda Jizzax viloyati agrosanoat birlashmasi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, 1991–1992-yillarda Jizzax viloyati audit markazining taftishchisi, 1992–1995-yillarda Jizzax viloyati agrosanoat birlashmasining boʻlim boshligʻi boʻlib ishlagan. 1995–1997-yillarda Jizzax viloyati hokimligi umumiqtisodiy masalalar majmuasining guruh rahbar, 1997–1998-yillarda Jizzax viloyati Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari faoliyat yuritgan. 1998–1999-yillarda Jizzax viloyati hokimining umumiqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari – Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasining boshligʻi boʻlib oʻz faoliyatini davom ettirgan. 1999–2004-yillarda – Doʻstlik tumani hokimi etib tayinlangan. 2004–2005-yillarda Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2005–2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, 2009–2016-yillarda Jizzax viloyati hokimi boʻlgan. 2016–2018-yillarda – Jizzax tumani hokimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
Manbalar
| ]- „Жиззах вилояти ҳокими алмаштирилди“ (2016-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 15-sentyabr.
- Vazirlar roʻyxati, 2016-04-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-12
- 18-avgustda tugʻilganlar
- 1959-yilda tugʻilganlar
- Jizzax viloyati hokimlari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Jizzax viloyatida tugʻilganlar
- Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbek iqtisodchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sayfiddin Ismoilov haqida, Sayfiddin Ismoilov nima? Sayfiddin Ismoilov nimani anglatadi?



 
  
  
 


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!