Samoyiddin Husenov
| Samoyiddin Kosimovich Husenov | |
|---|---|
|   | |
| Mansab davri 1996 – 2011 | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev | 
| Prezident | Islom Karimov | 
| Oʻtmishdoshi | Mavlon Rahmonov | 
| Vorisi | Muhiddin Esonov | 
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1946-yil Buxoro | 
Husenov Samoyiddin Kosimovich (1946-yil, Buxoro) – davlat arbobi, Buxoro viloyati hokimi (1996—2011-yil dekabr).
Biografiyasi
| ]Samoyiddin Husenov Toshkent politexnika institutining Buxoro fillialini (hozirda Buxoro muhandislar texnologiya instituti) tamomlagan. 1963-yilda Buxoro ipak-oʻrash kombinatining mutaxassisi boʻldi. 1971-yilda u partiya organlarida ishlay boshladi. 1986-yildan Buxoro viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, rejalashtirish komissiyasi raisi boʻlib ishlagan. 1992-yilda Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari, iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi boshligʻi boʻldi.1994-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari boʻlgan. 1996-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning buyrugʻi bilan u Buxoro viloyati hokimi etib tayinlandi. 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Buxoro viloyat deputatlar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Samoyiddin Husenov Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan. OAV maʼlumotlariga koʻra Samoyiddin Husenov korrupsiya va urugʻ-aymoqchilikka bogʻliq ayblovlar bilan lavozimidan olingan.
1997-yilda Oliy Majlisning 2-chaqiriq deputati boʻldi. 1999-yilda 2-chaqiriq Oliy Majlisning deputati etib tayinlandi. 2005-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylandi. 2017-yilda Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash „Nuroniy“ jamgʻarmasining Buxoro viloyati kengashi raisi etib saylangan. 2020-yildan esa Buxoro viloyat Nuroniylar kengashi raisi lavozimiga tasdiqlandi.
Oilasi
| ]2011-yil dekabr oyida Samoyiddin Huseynovning oʻgʻli Sharofiddin Huseynov va qarindoshlari korrupsion jinoyatlarda nohaq ayblanib, qamoqqa olingan. 2012-yil 8-oktabrda sud hukmi eʼlon qilingan. Unga koʻra, Sharofiddin Huseynov 13 yilga, yana bir kichik oʻgʻli 10 yilga, jiyani Visoliddin Huseynov 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinchalik 2016-yilda barcha nohaq ayblanib qamalib chiqqan Husenovlar Oliy Sudning tegishli qarorlariga muvofiq oqlanishgan.
Mukofotlar
| ]- „Mehnat shuxrati“ ordeni.
- ikki marta „Oʻzbekiston Qahramoni“ mukofotiga nomzod boʻlgan.
Manbalar
| ]- https://centrasia.org/newsA.php?st=1171003860
- https://centrasia.org/person2.php?st=1013880830
- https://regnum.ru/news/1242604.html
- https://uz.sputniknews.ru/20160922/3763940.html
- „O‘zbekiston bosh vaziri Buxoro hokimini lavozimidan bo‘shatgan“ (2022-yil 27-dekabr). Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.
- „Buxoro sobiq hokimining o‘g‘illari va qarindoshlari qamaldi“.
- https://centrasia.org/person2.php?st=1013880830
- „Buxoroning sobiq hokimi viloyat Nuroniylar kengashi raisi etib tayinlandi“ (2020-yil 11-iyun). Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.
- https://centrasia.org/person2.php?st=1013880830
- Buxoro viloyati hokimlari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Samoyiddin Husenov haqida, Samoyiddin Husenov nima? Samoyiddin Husenov nimani anglatadi?


 
 

Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!