Abduxoliq Karimov
Abduxoliq Karimovich Karimov (1923-yil 20-may, Jizzax — 1994-yil 23-mart, Toshkent) — sovet partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston SSR 112-son Denov saylov okrugidan Millatlar kengashi deputati. Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
Tarjimai holi
| ]1923-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek. 1946-yildan KPSS aʼzosi. Maʼlumoti oliy. Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 1941-yildan oʻqituvchilik qilgan. 1942—1946-yillarda Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. 1946-yildan oʻqituvchi, tuman komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi, tuman ijroiya qoʻmitasi raisi. 1954-yildan partiya tuman qoʻmitasining birinchi kotibi, viloyat sovxozlar tresti direktori, tuman qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi. 1965-yildan partiya raykomining birinchi kotibi. 1967-yildan Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari. 1968-yildan Samarqand viloyat partiya komiteti kotibi. 1977-yildan Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi. 1985-yil avgust oyida nafaqaga chiqqan.
Millatlar kengashining salomatlik va farovonlik komissiyasi aʼzosi.
Oʻzbekiston SSRdan 10—11-chaqiriqlar (1979—1989) SSSR Oliy Soveti Millatlar Kengashi deputati etib saylangan.
Oilasi va shaxsiy hayoti
| ]Karimov Abduxoliq Karimovich 1923-yil 20-mayda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan uncha uzoq bo‘lmagan Gadoy (Guliston) qishlog‘ida tug‘ilgan. Mahalliy maktabda oʻqigan. Maktabni tugatgach, oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1942-yilda ixtiyoriy ravishda urushga ketdi. 1946-yilda vataniga qaytdi. Musurmonqul Salomatning qiziga uylangan. Salomat Karimova taʼlim olmagan edi. Oilada besh farzand bor edi. Burxon, Dilbar, Gulnora, Abduqodir, Abdulla. Ota-onalar ularga har tomonlama taʼlim berishga harakat qildilar.
Mukofotlar
| ]- Sotsialistik Mehnat Qahramoni (03.05.1982)
- 3 ta Lenin ordeni (01.11.1957; 25.12.1976; 05.03.1982)
- Oktabr inqilobi ordeni (03.04.1980)
- Ikkinchi darajali Vatan urushi ordeni (03.11.1985)
- 3 ta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (03.01.1965; 27.08.1971; 12.10.1973)
- medallar
Havolalar
| ]- Karimov Abduxalik (rus.). Sayt „Geroi strani“.
- Karimov, Abduxalik Karimovich — Geroy Sotsialisticheskogo Truda, foto.
- Karimov, Abduxalik Karimovich, Vokrug semi, foto
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- 1923-yilda tugʻilganlar
- 20-mayda tugʻilganlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- 1994-yilda vafot etganlar
- 23-martda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bitiruvchilari
- Surxondaryo viloyati hokimlari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin mukofoti laureatlari
- Oʻzbekistonda paxta ishi
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari
- Sovet yozuvchilari
- Oʻzbekiston SSRdan saylangan Millatlar Kengashi deputatlari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston komsomoli tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston SSR tuman ijroiya qoʻmitalari raislari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasi kotiblari
- KPSS XXVI syezdi delegatlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abduxoliq Karimov haqida, Abduxoliq Karimov nima? Abduxoliq Karimov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!