Faxmutdin Xoʻjayev
Faxmutdin Xoʻjayev (1915-yil, 12-fevral, Toshkent viloyati Parkent qishlogʻi – 1975-yil, 27-aprel, Toshkent) – texnolog-muhandis. 1937-1941-yillarda Sanoat akademiyasi va Toshkent toʻqimachilik institutida oʻqigan. Texnika fanlari nomzodi (1967). 1941-1945-yillar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1946-1947-yillardaToshkent shahri partiya qoʻmitasi xodimi, 1950-1952, 1958-1960-yillarda birinchi kotibi, 1956-1957-yillarda Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan. Xoʻjayevning faoliyati Oʻzbekistonda paxtachilik va yengil sanoatni rivojlantirish bilan bogʻlangan edi. U 1957-1958-yillarda Oʻzbekiston SSR toʻqimachilik sanoati, 1965-1968-yillarda paxta tozalash sanoati, 1968-1975-yillarda yengil sanoat vaziri lavozimlarida, xalq xoʻjaligi kengashi tizimlarida faoliyat olib borgan. Toshkent shahri koʻchalaridan biri uning nomi bilan ataladi.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
| ]- Faxmutdin Xoʻjayevga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi
- Faxmutdin Xoʻjayevga taʼziyanoma, „Pravda Vostoka“ gazetasi
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
- Toshkent viloyatining hokimlari
- Ittifoq kengashining Toshkent viloyatidan saylangan deputatlari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Faxmutdin Xoʻjayev haqida, Faxmutdin Xoʻjayev nima? Faxmutdin Xoʻjayev nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!