Chuli Begimqulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Chuli Begimqulov
Qashqadaryo viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1943 – 1945
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Sotqin Badalboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1902-yil
Dasht qishlogʻi, Buxoro amirligi
Vafoti 1963-yil
Mukofotlari image
image image image image image image

Chuli Begimqulov (1902—1963) Oʻzbekiston SSR Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Stalin nomidagi kolxoz raisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

1902-yilda Buxoro amirligining Dasht qishlogʻida (hozirgi Qashqadaryo viloyati hududi) tugʻilgan. Yollanma choʻponning oʻgʻli.

Fuqarolar urushi yillarida qishloqni talonchilardan himoya qilgan oʻzini-oʻzi mudofaa qilish otryadining boshligʻi boʻlgan.

Kolxoz harakatining asoschisi (1930). 1931-yilda Butunittifoq bolsheviklar kommunistik partiyasiga aʼzo boʻlib, shu yili Oʻzbekiston SSR Qarshi tumani „Qizil yulduz“ kolxoziga rais etib saylanadi.

1939-yildan Qarshi tumani ijroiya qoʻmitasi raisi.

1943-yil yanvar oyida Qashqadaryo viloyatini tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaga rahbarlik qilgan. 1943—1945-yillarda Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

1945-yildan yana „Qizil yulduz“ kolxozining raisi boʻlib, kolxoz yiriklashtirilgandan keyin (1950) Stalin nomi bilan atala boshlangan. 1961-yildan „Leninizm“ kolxozi.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1958-yil 6-avgustdagi Farmoni bilan qoʻychilikni rivojlantirish, goʻsht, jun va qorakoʻl terisi ishlab chiqarish va davlatga topshirishni koʻpaytirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun, shuningdek fan va ilgʻor tajriba yutuqlaridan oʻz faoliyatida keng foydalangani bois unga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berildi.

U uchta Lenin ordeni (23.01.1946, 16.01.1950, 08.06.1958), ikkita Mehnat Qizil Bayroq ordeni (25.12.1945, 11.11.1957) Qizil Yulduz ordeni (12.06.1947) bilan mukofotlangan.

1963-yilda vafot etgan. 1973-yilda oʻzlashtirilgan yerlarda tashkil etilgan Chuli Begimqulov nomidagi 9-sonli paxtachilik sovxozi uning nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar

| ]
  • История колхозов и совхозов Узбекистана: исторические очерки. "Мехнат", 1989 - Всего страниц: 492
  • Сельскохозяйственная энциклопедия, том 1, 1969.

Havolalar

| ]
  • „Бегимкулов Чули“ (ru). Герои страны.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Chuli Begimqulov haqida, Chuli Begimqulov nima? Chuli Begimqulov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan