Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev
image
image
 Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1943 – 1952
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1896
Oʻyrat qishlogʻi, Rishton volosti, Qoʻqon uyezdi, Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi)
Vafoti 25-may 1977-yil (81 yosh)
Fargʻona shahri, Fargʻona viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi image SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari image image image
image image image image image image image
Dafn etilgan joyi Xoʻjai Bob qabristoni
Unvoni image
image
Xojai Bob qabristonida joylashga Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev haykali
image
Xojai Bob qabristonida joylashgan Usmonxoʻjayevlar oilasining haykallari va qabrlari.(Tasvirda: oʻng tomonda Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayevning haykali, chap tomonda esa uning oʻgʻli Inomjon Usmonxoʻjayev haykali. Yonida esa oila aʼzolarining qabrlari joylashgan)

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev (1896-yil, Fargʻona viloyati, Rishton tumani, Uyrat qishlogʻi — 25-may 1977-yil, Fargʻona shahri) — sovet davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan irrigator (1964), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971), KPSS aʼzosi (1927).

Tarjimayi holi

| ]

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1896-yilda Rossiya imperiyasi tasarrufidagi Turkiston oʻlkasi Fargʻona viloyati Rishton volosti Uyrat qishlogʻida yollanma dehqon oilasida tavallud topgan.

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1916-yilda Rishtonda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonda ishtirok etgan. 1916-yil 12-iyulda “Xoʻja Ilgʻor” masjidi yonidagi jangda tayoq va toshlar bilan qurollangan rishtonlik qoʻzgʻolonchilar bilan birga mahalliy pristav va uning qoʻriqchilariga hujum uyushtirgan. 1917–1923-yillari Fargʻona vodiysida sovet hokimiyatini oʻrnatish janglarida qatnashgan.

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1917–1922-yillarda Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Pandigon qishloq soveti kotibi, volost oziq-ovqat otryadi inspektori; 1922–1924-yillarda Rishton tumani Ijroiya qoʻmitasi kommunal xoʻjalik boʻlimi mudiri, oziq-ovqat otryadi inspektori; 1924–1927-yillar va 1930–1933-yillarda Bagʻdod tumani Ijroiya qoʻmitasi raisi; 1927–1929-yillarda Fargʻona okrugi yer boʻlimi mudiri; 1929–1930-yillarda okrug qishloq ittifoqi raisi; 1933–1939-yillar Izboskan tumani, 1939–1943-yillar Oʻzbekiston tumanlari va 1943–1952-yillar Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi; 1952–1957-yillar Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali ekspulatatsiya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi 10-syezdida Markaziy Komiteti aʼzosi, 12-syezdida esa Markaziy Komiteti aʼzoligiga nomzod etib saylangan. 2-chaqiriq SSSR Oliy Soveti (1946—1950), 2-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti (1947—1950) deputati boʻlgan.

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1977-yil 25-may kuni Fargʻona shahrida vafot etgan.

Farzandlari

| ]

Erkin Usmonxoʻjayev (1926—1987) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Inomjon Usmonxoʻjayev (1930—2017) — Oʻzbekiston SSR davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi (1983—1988).

Unvon va mukofotlari

| ]
  • „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator“ unvoni (1964);
  • Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971-yil 8-aprelda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishni rivojlantirish, davlatga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirib berishda beshyillik rejani bajarishdagi ulkan yutuqlari, partiya xoʻjalik tashkilotlarida hamda irrigatsiya ishlarida uzoq ishlab, yuqori koʻrsatkichlarga erishgani uchun);
  • Lenin ordeni (1939-yil 23-dekabr; 1950-yil 16-yanvar; 1971-yil 4-avgust);
  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1944-yil 25-dekabr; 1946-yil 23-yanvar; 1957-yil 11-noyabr; 1966-yil 30-aprel);
  • „Hurmat belgisi“ ordeni (1945-yil 1-oktabr);
  • Qizil Yulduz ordeni (1947-yil 6-fevral);
  • 2-daraja Vatan urushi ordeni (1945-yil 1-fevral) bilan taqdirlangan.

Xotira

| ]
  • Fargʻona shahrining markaziy koʻchalaridan biri Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomi bilan atalgan.
  • Rishton tumanidagi qishloq fuqarolar yig‘inlaridan biriga Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomi berilgan.

Manbalar

| ]
  1. OʻzSE 1978, s. 622
  2. Timur Karimov. „Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev“ (rus tilida). 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  3. Sovet Oʻzbekistoni gazetasi. „Taʼziyanoma“ 3-bet (26-may 1977-yil). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  4. „Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev“ (rus tilida). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.

Adabiyotlar

| ]
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XI tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1978 — 656-bet. 

Havolalar

| ]
  • Nekrolog

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev haqida, Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nima? Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan