Bektosh Rahimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bektosh Rahimovich Rahimov
Бектош Раҳимович Раҳимов
image
image
 OʻzSSR Kompartiyasi Samarqand viloyati soveti birinchi kotibi
Mansab davri
1974-yil – 1982-yilgacha
Oʻtmishdoshi Vladimir Qodirov
Vorisi Rashid Ashuraliyev
image
 OʻzSSR Kompartiyasi Xorazm viloyati soveti birinchi kotibi
Mansab davri
1963-yil – 1968-yilgacha
Oʻtmishdoshi Fahriddin Shamsiddinov
Vorisi Madyor Xudoyberganov
image
 OʻzSSR Kompartiyasi Andijon viloyati soveti birinchi kotibi
Mansab davri
1968-yil – 1974-yilgacha
Oʻtmishdoshi Ashur Haydarov
Vorisi Inomjon Usmonxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-fevral 1924-yil
Oqtosh, Narpay tumani, Samarqand viloyati,
Vafoti 5-yanvar 2009-yil(2009-01-05)
(84 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Mukofotlari imageimage
image image image image

image image image image

Bektosh Rahimov (1924-2009) – OʻzSSR davlat arbobi, iqtisod fanlari nomzodi, Sovet Ittifoqi mehnat qahramoni, SSSR Oliy Soveti deputati (1976-1986).

Biografiyasi

| ]

Mehnat faoliyatini 16 yoshida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi sifatida boshlagan. 1942—1945-yillarda armiyada xizmat qilgan. 1944-yilda VKP(b) safiga kirdi. 1945-1948-yillarda demobilizatsiyadan soʻng boshlangʻich maktab direktori, tuman xalq taʼlimi boʻlimi inspektori.

1948-yildan – mas’uliyatli xoʻjalik va partiya ishida.

1948—1950-yillarda – Narpay tuman kengashi raisi.

1950—1952-yillarda – Oʻzbekiston KP (b) MK huzuridagi partiya maktabi talabasi. Partiya maktabini tugatgach, u yerda muallimlik qilish uchun qoldiriladi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabi Oʻzbekiston Kompartiyasi qoʻmitasi kotibi etib saylanadi.

1953-yilda Toshkent davlat universitetini sirtdan tamomlagan, soʻng Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining masʼul tashkilotchisi, keyinroq Narpay kompartiyasining 1-kotibi etib tayinlangan.

1963-yildan 1968-yilgacha – Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi.

1968-yil fevral oyida Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon viloyati qoʻmitasining 1-kotibi lavozimiga oʻtkazildi va 1974-yilning dekabrigacha ishladi.

1974-yil 27-noyabrdan 1982-yil fevralgacha – Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyati qoʻmitasining 1-kotibi.

1986-yilgacha Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

1976-yildan 1986-yilgacha – KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod.

SSSR Oliy Kengashining 7, 8, 9, 10-chaqiriqlari deputati.

1986-yili Paxta ishi boʻyicha sudlangan. 1991-yilgi farmon bilan tiklandi, mukofotlari qaytarildi.

1991—2002-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi kengashining raisi boʻlgan.

Toshkent shahrida yashagan. 2009-yil 5-yanvarda vafot etgan.

Kitoblari

| ]
  • Rentabelnoe xozyaystvo (1984),
  • Organizatsiya truda v jivotnovodstve (1985),
  • Visokodoxodnaya otrasl jivotnovodstva (1985)
  • Vnutrixozyaystvenniy raschet i ego vnedrenie v APK (1989)
  • Organizatsiya i oplata truda v selskom xozyaystve (1992)

Manbalar

| ]
  1. Spravochnik po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898 – 1991

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Bektosh Rahimov haqida, Bektosh Rahimov nima? Bektosh Rahimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan